Join KUN.UZ Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish
x
Parij-Kunmin reysining 26 yo'lovchisi shifoxonaga joylandi, 4 nafari og'ir ahvolda
23:03 / 18.06.2017
9721

Xitoyning China Eastern Airlines aviakompaniyasi samolyoti turbulent zonaga tushib qolishi natijasida 26 kishi turli jarohatlar oldi. "Sinxua" shu haqida xabar berdi. 

Parij-Kunmin yo'nalishi bo'ylab harakatlanayotgan samolyot 18 iyun, yakshanba kuni Xitoyning janubi-g'arbidagi Yunan provinsiyasi poytaxtiga muvaffaqiyatli qo'ndi. Jabrlanuvchilarning barchasi mahalliy shifoxonalarga yetkazildi. 

Yo'lovchilarning so'zlariga ko'ra, ba`zi kishilar kreslosidan otilib ketgan, ko'pchilik yuklarning boshiga qulashidan jabrlangan. 

To'rt nafar jabrlanuvchi og'ir ahvolda. 

Top