07:48 / 18.06.2017
13422

Saudiya Arabistoni sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati Eron qayiqlariga o‘t ochdi

Foto: shows Iranian fishing boats.

Saudiya Arabistoni sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati Fors ko‘rfazida Eron qayiqlariga o‘t ochdi. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Press TV telekanali. 

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Eronning ikkita baliq ovlovchi qayig‘i katta to‘lqinlar sababli o‘z yo‘nalishidan og‘ishgan.  

"Sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati Eron qayiqlari Saudiya Arabistoni chegarasini kesib o‘tganini o‘rnatmasdan, qayiqlarga qarata o‘t ochgan. Buning oqibatida eronlik baliqchi halok bo‘lgan", deb aytildi Eron ichki ishlar vazirligida.

Eron tomonining ma'lum qilishicha, agar qayiqlar chegarani kesib o‘tganda ham ularga qarata o‘t ochilishi kerak emasdi. Tehron ayni vaqtda qayiqlar Saudiya Arabistoni chegarasiga kirgan-kirmaganini aniqlashga harakat qilmoqda.

Top