10:00 / 19.06.2017
10347

«Dollarumma»: Muxlislar Donnarummaga «javob qaytarishdi»

«Milan» ishqibozlari U21 Yevropa chempionati 2017'ning Krakovdagi Daniya va Italiya bahsi vaqtida italyanlar jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarummaga soxta dollarlar otishdi.

Football Italia xabariga ko‘ra, uchrashuv maydondan keraksiz narsalarni olib tashlash uchun hattoki to‘xtatilgan.

Bundan tashqari, ishqibozlar tribunada «Dollarumma» deb yozilgan bannerni osib qo‘yishgan va darvozabonni birinchi bo‘lim davomida tinmasdan haqoratlashdi.

Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli darvozabon o‘tgan haftada «Milan» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi hamda bu rossonerilar muxlislari g‘azabini keltirib chiqardi.

Top