20:53 / 19.06.2017
6373

Yelisey maydonida politsiyaga hujum qilindi

Parij markazida, Yelisey maydonida noma'lum shaxs avtomobili bilan politsiyachilar mikroavtobusiga kelib urildi.

Ushbu hodisadan keyinoq huquq-tartibot organlari xodimlari maxsus amaliyot boshlashgan. Ular Marini teatrini o‘rab olishgan va odamlarni evakuatsiya qilishgan. Shuningdek, Ron-Puen maydoniga qadar yo‘l yopib qo‘yilgan.

Mikraavtobusga kelib urilgan avtomobil haydovchisi olingan jarohatlar tufayli jon bergan. Uning shaxsi aniqlandi: politsiya ma'lumotiga ko‘ra, 33 yoshli bu shaxs terrorizmga aloqadorligi gumon qilinuvchilarning «S ro‘yxati»da bo‘lgan. Uning avtomobilidan gaz balloni, Kalashnikov avtomati, to‘pponcha va o‘qdonlar topilgan.

Parij prokuraturasi terroristik hujum holati bo‘yicha jinoiy ish ochgan.

Mavzuga oid
Top