14:38 / 19.06.2017
84485

Foto: Majburiy ijro byurosi xodimlari formasi 

Internetda Majburiy ijro byurosi xodimlari qanday formada bo‘lishi ko‘rsatilgan surat paydo bo‘ldi. Liboslar ikki xil ko‘rinishda bo‘lib, ular lavozimga ko‘ra turlicha bo‘ladi.

Suratdagi Majburiy ijro byurosi xodimlari ekani aytilayotganlarning birining futbolkasi yelkasida MIB (Majburiy ijro byurosi) yozuvi tushirilgan, qo‘lida esa kaltak tutgan.

2017 yil 29 maydagi prezident farmoniga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti tugatilib, Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan edi.

Toshkent prokurori Botir Qudratxo‘jayev kommunal to‘lovlarni undiruvchi byuroga rahbar etib tayinlangan.

Top