08:17 / 19.06.2017
4212

Makron harakati Fransiya Milliy yig‘ilishida mutlaq ko‘pchilik o‘rin oldi

Foto: REUTERS / Christophe Archambault

Fransiyada 577 ta saylov okrugidan 553 tasida mamlakat parlamenti quyi palatasi – Milliy yig‘ilishga saylovlarga yakun yasaldi. Okruglardan 293 tasida g‘alabani Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning "Olg‘a, respublika" harakati vakillari qo‘lga kiritishdi va shu tariqa quyi palatada mutlaq ko‘pchilik o‘rin olishdi. Bunga esa 289 mandat zarur edi.

Yana 40 ta mandat MoDem ("Demokratik harakat") partiyasi nomzodlariga nasib qildi.

"Respublikachilar" partiyasi 110 ta mandat, Sotsialistik partiya 28 ta, "Demokratlar va mustaqillar ittifoqi" 17 ta, "Zabt etilmagan Fransiya" 16 ta, Fransiya kommunistik partiyasi 10 ta va Marin Le Penning "Milliy front"i 8 ta mandat olgan.

Top