09:19 / 19.06.2017
10361

OAV: Londondagi masjid yonida pichoq bilan qurollangan erkak odamlarga hujum qildi

Foto: standard.co.uk

19 iyunga o‘tar kechasi Londonning Finsberi Park tumanidagi masjiddan qaytayotgan odamlar furgon haydovchisi tomondan bosib ketilgandan keyin mashina ichidan pichoq bilan qurollangan erkak sakrab tushib, odamlarga hujum qilgan. Buning oqibatida kamida bir kishi jarohat olgan. Bu haqda guvohlarga iqtibos keltirgan holda Evening Standard nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, politsiya tomondan qora sochli oq tanli erkak ushlangan. Biroq u hujumni sodir etgan erkak ekanligiga aniqlik kiritilmagan. Taxmin qilinishicha, mashina Uelsda ijaraga olingan.

"Men 4 yoki 5 kishining yerda yotganini ko‘rdim. Ulardan kamida birida pichoqdan olingan jarohatlar bor edi", deb aytdi masjidga keluvchilardan biri. "Odamlar uni ushlashdi. U London ko‘prigidagi hujumga o‘xshash voqeani sodir etmoqchi bo‘lgan", deb qo‘shimcha qildi guvoh.

Sky News telekanalining guvohlarga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, furgonda uch kishi bo‘lgan. Ulardan ikki nafari qochishga muvaffaq bo‘lgan. "Mashinada uch kishi bo‘lgan. Biri qo‘lga olingan, qolgan ikkisi qochib ketgan", deb aytdi guvohlardan biri.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Avvalroq Daily Mail nashri voqea oqibatida kamida 10 kishi jabrlanganini ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid
Top