Join KUN.UZ Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish
x
Sanches Konfederatsiyalar kubogini «shishib ketgan» oyoqda o'tkazmoqda
23:33 / 19.06.2017
6941

Chili terma jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches Konfederatsiyalar kubogini og'riq bilan o'tkazmoqda.

U Chili terma jamoasi mashg'ulotlari vaqtida oyog'ini qayirib olgandi. 28 yoshli hujumchi Kamerunga qarshi o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlagandi, murabbiy uni 58-daqiqada, hisob 0:0 bo'lib turgan holatida maydonga tushirdi. Futbolchining faollik ko'rsatishi evaziga chililiklar o'yinning qolgan qismida 2ta gol urishdi va g'alabaga erishdi.

O'yindan keyingi kunda Sanches ijtimoiy tarmoqda shishib ketgan oyog'i suratlarini namoyish etdi.

Chili 22 iyun kuni turnir doirasidagi navbatdagi uchrashuvni Germaniyaga qarshi o'tkazadi.

Top