17:15 / 19.06.2017
17479

Turk harbiylarining birinchi guruhi Qatarga yetib keldi

Foto: Reuters

Turkiyalik ilk harbiylar Dohaga qo‘shma mashqlarda ishtirok etish uchun yetib keldi. Bu haqda dushanba kuni Al Jazeera telekanali Qatar mudofaa vazirligiga asosan xabar bergan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yakshanba kuni harbiylar Tarik bin Ziyod bazasida ilk mashg‘ulotlarni o‘tkazgan. Ta'kidlanishicha, mashqlar har ikki davlat mudofaa imkoniyatlarini mustahkamlash, qurolli guruhlar bilan kurash bo‘yicha sa'y-harakatlarni faollashtirish va mintaqada barqarorlikni ushlab turishga yo‘naltirilgan kelishuvning bir qismidir. Shu bilan birga, mashqlarda qanday qo‘shinlar qatnashishi hamda harbiylarning aniq soni oshkor etilmadi. 

Avvalroq Turkiya parlamenti Qatardagi bazada turk harbiylarini joylashtirishga imkon beruvchi qonunni tasdiqladi. Qatarda Turkiya harbiy bazasini tashkil etish 2014 yildagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi kelishuvda nazarda tutilgan.

Top