15:03 / 20.06.2017
9205

Buxoroda qurol o‘g‘risi fosh etildi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani, Qulonchi QFYda yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan muqaddam sodir etgan o‘g‘rilik jinoyatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, O‘.Beshimov ellik yoshni qarshilabdi hamki, jinoiy javobgarlikka tortilganligidan tegishli xulosa chiqarib, tuzalish yo‘liga o‘tish o‘rniga yana qasddan jinoyatlar sodir etishda davom etadi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Buxoro IIB.
 
U o‘zining yon qo‘shnisi, qonuniy ov quroliga ega bo‘lgan Ch.Primovning yashash uyiga deraza orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan bir dona bahosi 150.000 so‘mlik temir sandig‘i va uning ichida bo‘lgan bir dona 16 kalibrli “IJ-58” rusumli ov qurolini o‘g‘irlab ketadi. 

Mazkur holat yuzasidan O‘.Beshimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davomida fuqaro O‘.Beshimov o‘zining qilmishlarini tan olib, ov qurolini tuman hududida yovvoyi parranda va hayvonlarni ovlash maqsadida o‘g‘irlaganini bildirdi. 

Mavzuga oid
Top