10:21 / 20.06.2017
39778

Kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun jarimalarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan tashkilotlar ro‘yxati e'lon qilindi

Foto: "Kun"

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi Toshkent shahrida joriy etilgan “Yo‘l harakatini boshqarishning kompyuterlashtirilgan tizimi” tomonidan qayd etilgan va sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan muddatlarda jarimalarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan korxona va tashkilotlar ro‘yxatini taqdim etdi.

“Kompyuterlashtirilgan tizim tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarimalarni ixtiyoriy ravishda to‘lash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan 60 kunlik muddatni o‘tkazib yuborish, transport vositalarini ushlash va jarima maydonlariga joylashtirishga sabab bo‘lishi haqida ogohlantiramiz”, - deyiladi YHX Bosh boshqarmasi xabarida.

Top