21:53 / 20.06.2017
7748

«Lokomotiv» «Dinamo»ni yengib, ta'qibchilaridan ilgarilab ketdi va boshqa natijalar

O‘zbekiston Oliy ligasining 14 – turidan o‘rin olgan uchrashuvlar yakuniga yetdi.

Toshkentning «Lokomotiv» klubi o‘z maydonida Samarqandning «Dinamo» klubini qabul qilib, 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. O‘yindagi gollar Ikrom Aliboyev (18) va Murodjon Bobojonov (56) hisobiga yozildi.

Bu g‘alabadan keyin «temiryo‘lchilar» ochkolari sonini 32taga yetkazgan va turnir jadvalidagi peshqadamlikni mustahkamlagan. Jamoa ikkinchi o‘rindagi «Qo‘qon-1912»ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Dinamo» esa 18 ochko jamg‘argan holda 9-o‘rinda joylashib turibdi.

«Sho‘rtan» esa G‘uzorda Toshkentning «Obod» klubini qabul qilib, 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi.

Namanganning «Navbahor» klubi esa «Olmaliq»qa qarshi uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. O‘yinning 83-daqiqasida Nemanya Yovanovich gol urib, mezbonlarni oldinga boshlagandi, ammo o‘yin oxirida mehmonlar vakili  Shohnazar Norbekov javob golini urdi.

Bu natijalardan keyin «Navbahor» 19 ochkosi bilan 8-o‘rinda, «Olmaliq» 4-o‘ringa ko‘tarilgan (23 ochko), «Sho‘rtan» (15 ochko, 14-o‘rin) va «Obod»(9 ochko, 16-o‘rin) turnir jadvalining quyi qismida joylashgan.

Oliy Liga, 14-tur
«Lokomotiv»  – «Dinamo» 2:0 (1:0)
Gollar: Ikrom Aliboyev 18, - 1:0.Murodjon Bobojonov 56, - 2:0.
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev (Salamat Qutiboyev, 52), Sadriddin Abdullayev (Quvondiq Ro‘ziyev, 80), Sardor Mirzayev, Temur Kapadze, Murodjon Bobojonov, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Sherzod Fayziyev, Aziz Omonov (Salim Mustafoyev, 57)
«Dinamo»: Temur Jo‘rayev, Mirkomil Lokayev, Bunyod Isroilov, Firdavs Abdusalimov, Jasur Azimov (Iskandar Xolmirzayev, 72), Javohir Qahramonov (Sardor Sulaymonov, 61), Abdumalik Abdullayev, Radu Rogak, Aleksey Nikolayev, Orif Mamajonov (Saidjamol Davlatjonov, 46), Amirjon Safarov

«Sho‘rtan» – «Obod» 2:0 (2:0)
Gollar: Igor Taran 9, - 1:0. Zafar Polvonov 26, - 2:0.
«Sho‘rtan»: Eldor Tojiboyev, Jamol Otaqulov (G‘ulom Rahmonov, 58), Igor Taran, Zafar Polvonov, Laziz Ubaydullayev, Umar Eshmurodov, Obid Jo‘raboyev, Eldor Boymatov, Ma'rufxon Murodov (Qadamboy Nurmetov, 46), Sardor Sobirxo‘jayev (Olimjon Karimov, 86), Otabek Narzullayev
«Obod»: Shirinboy Abdullayev, Abror Xusinov, Anvar G‘ofurov, G‘ayrat Umirov, Doniyor Hasanov, Shoxruz Norxonov, Jahongir Omonov, Mirshohid Olimov, Sardor Qahhorov, Navro‘zbek Xaipov (Timur Vasilev, 23), Abbos Saidkarimov (Sunnat Ermatov, 47)

«Navbahor» - «Olmaliq» 1:1 (0:0)
Gollar: Yovanovich (83), Shohnazar Norbekov (90+2).
«Navbahor»: Asilbek Amanov, Oybek Qilichev, Dilshod Jabborov, Ilhom Boydedayev, Mirzohid G‘ofurov, Alisher Mirzayev, A'zam Aliyev, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich, Azizbek Turg‘unboyev, Nemanya Yovanovich.
«Olmaliq»: Xurshid Xo‘jayev, Abduqaxxor Xojiakbarov, Dilshod Jo‘rayev, Shoxnazar Norbekov, Kamoliddin Murzoyev, Shavkat Mullajonov, Islom Inomov, G‘ulom-Xaydar G‘ulomov, Raxmatullo Berdimurodov, Igor Yyelich, Xurshid Muxtorov.

Top