23:33 / 20.06.2017
14873

Mourino Ronaldu «MYu»ga kelishiga qarshi. Uning o‘z sabablari bor

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni o‘z jamoasida ko‘rishni istamayapti.

Portugaliyalik futbolchi soliqchilar bilan muammoalaridan keyin Madrid klubi rahbariyatidan norozi bo‘lgan va jamoani tark etishga qaror qilgandi, shundan keyin u «MYu»ga yo‘l olishi haqida xabarlar tarqaldi.

Marca nashrining yozishicha, Mourino bunday yoshdagi futbolchiga (Ronaldu 32 yoshda) katta mablag‘ sarflash to‘g‘ri emas deb hisoblaydi (Madridliklar uni 200 million yevroga sotishi mumkin, unga shuningdek, 25 million yevro miqdoridagi maosh tayinlashga to‘g‘ri keladi). U «Real»ning boshqa hujumchisi, 24 yoshli Alvaro Moratani o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.

Bundan tashqari, Mourino Ronalduni shunchaki ko‘rishni istamaydi. Ushbu ikki portugaliyalik «Real»da birga ishlaganida, ularning munosabatlari buzilgan.

Mourinoning Ronalduning kelishiga qarshi bo‘lishi - portugaliyalik futbolchining o‘yinida pasayish boshlangani va uning Madrid klubidan ketish haqidagi gaplariga ishonch yo‘qligi bilan ham bog‘lanmoqda.

Endilikda Ronalduda «PSJ»ga o‘tish imkoni qolmoqda, parijliklar jamoasi ushbu futbolchi uchun 140 million yevro sarflashgan tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Ispaniya prokuraturasi tomonidan 14,7 million yevro miqdoridagi soliqlarni to‘lamaganlikda ayblangach, «Real»dan ketish taraddudiga tushdi. Uning hisoblashicha, jamoa uni bunday vaziyatda yetarlicha qo‘llab-quvvatlamadi.

Mavzuga oid
Top