18:33 / 20.06.2017
22327

Rossiya Qirg‘izistonning barcha qarzlaridan voz kechdi

Rossiya va Qirg‘iziston moliya vazirlari Bishkekning barcha qarzini bekor qilish haqidagi bayonnomalarni almashdi. Bu haqda respublika prezidenti Almazbek Atamboyev seshanba kuni ma'lum qildi.

"Shuni ta'kidlab o‘tishni istardimki, Rossiya tomonidan juda katta haqiqiy moliyaviy yordam ko‘rsatildi. Mana bugun ham bizning moliya vazirlarimiz Qirg‘izistonning Rossiya oldidagi barcha qarzlarini bekor qilish haqidagi bayonnomalar almashdi", - deya ma'lum qildi Atamboyev RF prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralardan so‘ng.

Top