10:49 / 21.06.2017
4783
Tsyurixda O‘zbekiston-Shveytsariya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Tsyurixda O‘zbekiston-Shveytsariya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Jahon" axborot agentligi xabar bermoqda

Tadbir O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi va Frankfurt-Mayndagi bosh konsulligi hamda Shveytsariya-Osiyo savdo palatasi va O‘zbekiston-Shveytsariya savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tashkillashtirildi.

Forumda ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, farmatsevtika va to‘qimachilik sohalari korxonalari vakillari kirishdi.

Forum davomida Shveytsariya vakillari O‘zbekistonning rivojlanishi, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishishdi.  

O‘zbekistonning iqtisodiy, sayyohlik va investitsion salohiyatining taqdimoti forumda ishtirok etayotganlarga O‘zbekistonda biznes yuritishdagi imkoniyatlar, o‘zaro hamkorlik uchun istiqbolli yo‘nalishlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustun tomonlari bilan batafsil tanishishga imkon berdi.  
 
Tadbir davomida tomonlar V2V (Biznes uchun biznes) formatidagi biznes-loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini har tomonlama muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.   

Top