00:19 / 21.06.2017
6556

«Gazprom» Qirg‘izistonning gazlashtirilishiga 100 mlrd rubl kiritmoqchi

Foto: Yevgeniy Pereverzev / Kommersant'

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Gazprom» kompaniyasi yaqin yillarda Qirg‘izistonning gaz taqsimlash tizimiga 100 mlrd rubl kiritmoqchiligini ma'lum qildi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilindi.

“Gazprom”ning Qirg‘iziston gaz taqsimlash tizimini modernizatsiyalash uchun kiritadigan investitsiyalar hajmi yaqin yillarda 100 mlrd rublni tashkil qiladi, natijada mamlakatning gazlashtirilish darajasi joriy 22 foizdan 60 foizgacha o‘sishi kerak. Qirg‘izistonning iqtisodiy rivojlanishiga Rossiyada ishlovchi fuqarolarining pul o‘tkazmalari muhim ulush qo‘shadi”, deb aytdi Putin.

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Rossiya va Qirg‘iziston moliya vazirlari Bishkekning Rossiya oldidagi barcha qarzlari kechib yuborilishi haqidagi bayonnoma bilan o‘zaro almashganlarini ma'lum qilgandi.  

Mavzuga oid
Top