12:10 / 21.06.2017
4331

Honda zavodlaridan biriga WannaCry virusi yordamida kiberhujum uyushtirildi

Honda Motor avtomobil kompaniyasi Yaponiyaning Saytama prefekturasida joylashgan zavodlaridan biridagi ishlarni to‘xtatdi. Reuters agentligining xabar qilishicha, bunga kiberhujum sabab bo‘lgan. OAV ma'lumotiga ko‘ra, ishlab chiqarishga javobgar bo‘lgan kompyuter tizimlari WannaCry virusidan zararlangan.

Hodisa 18 iyunda yuz bergani aytilmoqda. Yaponiya konserni muhandislari muammoni faqatgina 20 iyunda hal etishgan.

Shunisi qiziqki, Honda’ning boshqa zavodlari virusdan zarar ko‘rmagan.

Top