10:45 / 21.06.2017
18086

Meyvezerning Makgregorga qarshi jangi boks emas, biznes ekani aytildi

Boks bo‘yicha WBA/WBC/IBF yo‘nalishlarida o‘rta vazn toifasidagi jahon chempioni Gennadiy Golovkin kichik Floyd Meyvezer va Konor Makgregor o‘rtasidagi jang haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda RT.

«Bu jangchilar uchun emas, balki biznes uchun jang bo‘ladi. O‘ylashimcha, jamoatchilik boks bahslarining farqiga boradi – masalan, bizda Kanelo bilan bo‘lgani kabi haqiqiy jang va sirk tomoshasiga o‘xshash yorqin shou.

Konor – bokschi emas, hamda bu oddiy shou bo‘ladi. Shouni ko‘rishni istasangiz – marhamat, Meyvezer va Makgregorni ko‘ring. Haqiqiy jangni tomosha qilmoqchi bo‘lsangiz – Kanelo bilan bizni ko‘ring. Meyvezerning Makgregor bilan jangi – boks emas, biznes. Biznes, pullar va tomosha», - deya Golovkinning so‘zlarini keltiradi Bi-bi-si.

Eslatib o‘tamiz, superjang Las-Vegasdagi MGM Grand arenasida 26 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top