11:13 / 21.06.2017
5006

Mourinoning soliqlar bo‘yicha muammoga duch kelgani inkor etildi

Ispaniya prokuraturasi «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino bilan bog‘liq surishtiruv ishlari olib bormayapti, murabbiyga bu borada so‘rov ham kelib tushmagan. Bu haqda portugaliyalik mutaxassisning maslahatchisiga asoslangan holda BBC jurnalisti Den Roan ma'lum qildi.

Bundan avvalroq Ispaniya prokuraturasi 54 Mourino 2011-2012 yillar davomida, «Real»da ishlagan vaqtida jami 3,3 million yevro miqdoridagi soliqni to‘lamaganlikda ayblagani haqida xabar tarqalgandi.

«Matbuotda e'lon qilingan yangilik borasida Mourino hech qanday ogohlantirish olmadi. Hozirda na Ispaniya soliq organlari va na prokuror Mourino yoki uning maslahatchisi bilan aloqaga chiqqan. 

Joze 2010 yilning iyun oyidan 2013 yilning may oyiga qadar Ispaniyada yashagan hamda 26 million yevrodan ortiq soliq to‘lagan. Bunda soliq stavkasi 41 foizdan ortiqroqni tashkil qilgan.

U 2015 yilda ispan soliq idoralari tomonidan bildirilgan taklifni qabul qildi va shartnoma tuzdi. O‘z navbatida Ispaniya hukumati Soliq departamenti orqali Mourino barcha majburiyatlarni bajargani haqida guvohnoma bergan», – deyilgan Mourinoning maslahatchisi bayonotida.

Top