00:37 / 21.06.2017
8334

Peru hukumati Machu-Pikchuga keluvchi sayyohlar oqimini kamaytirmoqchi

Foto: globallookpress.com

Peru hukumati YuNeSKO tomonidan ko‘rsatilayotgan bosim sababli qadimiy shahar Machu-Pikchuga sayyohlar oqimini kamaytirishga qaror qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.  

Ma'lum qilinishicha, majmua tashrif buyuruvchilar oqimi ko‘payib ketgani sababli xavf ostidagi obektlar ro‘yxatiga kiritilmoqchi bo‘lgan. O‘tgan yili Machu-Pikchuga 1,4 mln kishi kelgan. Qadimiy majmua anchadan beri sayyohlar orasida mashhur qadamjo hisoblanadi, biroq oxirgi yillar u borgan sari ommalashmoqda.

1 iyuldan majmuaga nazorat bilan o‘tkazish tartibi kiritiladi. Sayyohlar Machu-Pikchuga kuniga faqatgina ikki marta: soat 6:00da va 17:30da kiritiladilar. Yodgorlikka faqat gid bilan, 16 kishidan oshmagan guruh bo‘lib tashrif buyurishga ruxsat beriladi. Hozircha esa sayyohlar Machu-Pikchu bo‘ylab bemalol sayr qilishlari mumkin. Majmuaga kirish chiptasi narxi avvalgidek 46 dollarligicha qoladi.

Top