09:03 / 21.06.2017
21431

O‘zbekistonning “Kvarts” AJ jahonning nufuzli tanlovlarida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonning “Kvarts” AJ Xalqaro Biznes tashabbuslar direksiyasi (BID) tomonidan “International Star for Leadership in Quality” (Sifat sohasidagi yetakchilik uchun Xalqaro yulduz) mukofotini qo‘lga kiritdi.

“Kvarts” AJ — O‘rta Osiyoning eng yetakchi korxonalaridan biri bo‘lib, 1975 yilda ishga tushirilgan. “Kvarts” kompaniyasi faoliyatiga quyidagilar kiradi: shisha idishlar, sayqallangan shishalar, shuningdek, chiniqqan shishalar ishlab chiqariladi.

“International Star for Leadership in Quality” mukofoti, Parij

2017 yil 9 aprel kuni Parijda o‘tkazilgan tantanali marosimda BID Prezidenti Xose Priyeto “Kvarts” AJ boshqaruv raisi A.Po‘latovga “International Star for Leadership in Quality” xalqaro mukofotini topshirdi.
Ta'kidlash joizki, joriy yil “Kvarts” korxonasi nafaqat O‘zbekiston, balki O‘rta Osiyo mamlakatlari ichida mazkur xalqaro tanlovda qatnashgan yagona ishtirokchidir. Ushbu nufuzli mukofot “Kvarts” korxonasining modernizatsiya va ishlab chiqarishni kengaytirish, mavjud texnologiyalarni energo-samaradorligini yuksaltirish, xodimlar malakasini oshirish, xalqaro standartlarga qat'iy amal qilish bo‘yicha tinimsiz xarakatlari natijasida taqdim etildi.

Tanlovning tanlash jarayonida quyidagi jihatlarga alohida e'tibor berilgan:

  • mijozlar talabini qondirish;
  • innovatsiya;
  • xodimlar malakasini oshirish;
  • doimiy o‘sish;
  • ISO 9001 tizimi;
  • atrof-muhitga ta'siri;
  • xom-ashyoni qayta ishlatish;
  • boshqaruv;
  • iqtisodiy ko‘rsatkichlar;
  • marketing.

Ma'lumot o‘rnida: Biznes tashabbuslar direksiyasi (BID) – sifatning yuqori standartlarini tadbiq etish, dunyo bo‘yicha yirik korxonalar faoliyatini monitoring va taxlil qilish bilan shug‘ullanib, akademik va muhandislik sektoriga ega malakali professionallar guruhi tomonidan boshqariladigan xalqaro tashkilotdir.

So‘nggi 10 yil ichida BID konvensiyasi Parij, London, Madrid, Jyeneva, Frankfurt va Nyu-York shaharlarida o‘tkazildi va unda dunyoning 119 mamlakatidan turli kompaniya va tashkilotlar vakillari qatnashdi. Konventsiyada jahonning sifat soxasidagi yetakchilari va ekspertlari tanlov qatnashchilariga o‘z ovozlarini berishgan.

“Xalqaro sifat standarti” mukofoti, Moskva

Xalqaro sifat standarti” mukofoti Rossiya Federatsiyasi savdo-ishlab chiqarish palatasi, “Ishbilarmon Rossiya” Umumrossiya jamoat tashkiloti ko‘magida tashkil topgan bo‘lib, bu tanlovda ichki va tashqi bozorlarda o‘z mahsulotini munosib taqdim etgan biznes-uyushmalarning yorqin vakillari g‘olib bo‘ladi.Kompaniyalar orasida namunali iqtisodiy muhit yaratuvchi, ijtimoiy barqarorlikni ta'minlovchi, yangi ish o‘rinlari yaratuvchi zamonaviy korxonalar tanlab olinadi. 2017 yil 26 mayda Xalqaro sifat standarti” mukofotining navbatdagi taqdirlash marosimi “Moskva-Siti”da bo‘lib o‘tdi. Bu marosimda MDX davlatlarining eng ilg‘or korxonalari qatorida O‘zbekistonning “Kvarts” kompaniyasi ham mukofotni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Tantanali marosimda. "Kvarts" AJ sifatli mahsulot ishlab chiqarishni yuqori ko‘rsatkichlari uchun "Xalqaro sifat standarti" mukofoti bilan taqdirlandi. Bu esa korxona obro‘si va nufuzini xalqaro darajada mustahkamlash demakdir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi vakillari birinchi marotaba ushbu mukofotga muyassar bo‘lishdi.

Tel: (373) 372-44-14  
Vebsayt: kvarts.uz
e-mail: qvartznew@mail.ru

Reklama huquqi asosida

Top