18:20 / 22.06.2017
14792

Atamboyev iste'fodan so‘ng nimalar bilan shug‘ullanishi hamda ingliz tili haqida

Foto: Sputnik

"Qirg‘iz tili - jahon merosi, ingliz tili esa kutib turadi", - dedi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev kuni  kecha vatandoshlari bilan kechgan uchrashuvda. 24kg'da shu haqida xabar berildi

Professor Marklen Konurboyev uchrashuvda Qirg‘izistonda ingliz tilini qirg‘iz tili bilan teng o‘rganish imkoniyatiga qiziqish bildirdi. Shu bilan birga u bunga Singapurni misol qilib ko‘rsatdi (Li Kuan Yu ingliz tilini davlat tili deb e'lon qilgan).

"Singapurda millatlararo adovat bo‘lmasligi uchun ingliz tiliga davlat tili maqomi berilgan. Bizga keladigan bo‘lsak, keling, avval o‘zimizning davlat tilimizni kerakli darajaga ko‘taraylik. Sizlarga qachonlardir ingliz tili foydasiga rus tilidan voz kechgan Mo‘g‘ulistonni misol qilib keltirishim mumkin. Men bu masalada davlat rahbariyati bilan suhbatlashganman. Ular mo‘g‘ullar na rus tilini va na ingliz tilini yaxshi bilmasliklaridan nolishgan. Biz hech bo‘lmaganda bugunga qadar bilgan tillarmizni saqlab qolaylik", - dedi Qirg‘iziston prezidenti. 

Shuningdek u joriy yilning kuz faslidan boshlab Qirg‘izistonning barcha maktablarida ingliz tili har kungi dars jadvalga kiritilishini ma'lum qildi. Shunday ekan, Qirg‘iziston asta-sekinlik bilan uch tilli mamlakat bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. 

Bundan tashqari, Almazbek Atamboyev iste'foga chiqqanidan keyin nima bilan shug‘ullanishini ham aytib o‘tdi: "Iste'foga chiqqanimdan so‘ng qirg‘iz tili, madaniyati va tarixi bilan shug‘ullanaman".

Top