12:12 / 22.06.2017
15654

Eron AQSh IShIDni qo‘llab-quvvatlagani borasidagi isbotlarni e'lon qilmoqchi

Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bosh qo‘mondoni maslahatchisi Hamid Rizo Mogadam Far RT’ga bergan intervyusida, Tehron IShID terrorchilari AQSh tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlangani to‘g‘risidagi isbotlarni e'lon qilishi haqida ma'lum qildi.

«Bu hujjatlarni e'lon qilish mo‘ljallanmoqda. Biroq, shuni aytib o‘tish kerakki, bu yozuvli matnlar yoki yozuv ko‘rinishida chop etish mumkin bo‘lgan qandaydir shartnomalar emas, ular harakatlar maydonida ro‘y bergan holatlarga taaluqli. Ular AQSh IShIDga qanday lokatsiyalarda yordam berganini isbotlaydi. Qurol, ta'minot, logistika va tibbiy yordam – bularning bari ushbu ko‘makdan dalolat beradi», - deya ma'lum qilgan islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, IShIDni tashkil etish ortida aynan AQSh turibdi.

«Buning ustiga, IShIDni yaratishda ularning (AQSh) qo‘li bor. Ular bu holatni berkita olishmaydi. Biroq, bugun ular «biz ushbu tashkilotni yaratib xato qildik, hamda uni endi yo‘q qilmoqchimiz» deb ma'lum qilishayotgan bo‘lsa-da, hamon yolg‘on gapirishmoqda, va buni ko‘plab dalillar isbotlaydi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

11 iyun kuni Eron armiyasi shtablari boshlig‘i o‘rinbosari Mustafo Izodiy Tehron IShID terrorchilari AQSh tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlanishiga oid dalillarga ega ekani haqida ma'lum qilgandi.

 

Mavzuga oid
Top