18:20 / 22.06.2017
5308

Gvatemala qirg‘oqlarida kuchli zilzila yuz berdi

Tinch okeanining Gvatemala qirg‘oqlarida 6,8 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi, deb xabar qilmoqda Associated Press.

AQSh Geologiya xizmati ma'lumotiga ko‘ra, yer osti silkinishi epimarkazi Puerto-San-Xosedan 38 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.

Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr yer tubida bo‘lgan.

Ayni damda vayronalar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.

Mavzuga oid
Top