21:27 / 22.06.2017
6716

Parijda isroilliklarning elektron samolyoti namoyish qilindi

Foto: Eviation Aircraft

Isroilning Eviation Aircraft kompaniyasi Le-Burjyedagi Xalqaro aviasalonda Alice elektrik samolyotining prototipini namoyish qildi. Electrek shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi

6 tonna va 12 metr uzunlikdagi havo kemasi 6-9 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan va bir quvvat olganda 965 kilometrni bosib o‘ta oladi. Undan biznes-aviatsiya ehtiyojlari uchun foydalanish mumkin. Dvigatel 980 kilovatt/soat'li innovatsion alyuminiy-havo akkumulyatoridan to‘yinadi.

Uchuvchi qurilmaning e'lon qilingan kreyser tezligi - soatiga 450 kilometr. Ishlab chiqaruvchi firma 2018 yilda parvoz uchun zarur bo‘lgan sertifikatlarni olishni rejalashtirmoqda. 

"Bizning mobilligimiz yangi, samarali kelajakka moslashishi kerak. Gap Kremniy vodiysidan San-Diyegoga yoki Seuldan Pekinga arzon sayohat haqida ketganda bizning to‘liq elektron samolyotimiz odamlarga zamonaviy global iqtisodiyot talablariga javob beruvchi tezlikda harakatlanish imkonini beradi", - dedi Eviation Aircraft rahbari Omer Bar-Yoxay.

Parijdagi Le-Burjye aviasaloni - dunyodagi eng yirik aviasalonlardan biri. U yerdagi ilk  samolyotlar ko‘rgazmasi 1908 yilda bo‘lib o‘tgan.

Mavzuga oid
Top