15:22 / 23.06.2017
12586

Qirg‘iziston Suriyaga harbiylarni yuborish bo‘yicha rasmiy taklif olmagan

Qirg‘iziston hukumati Suriya hududiga harbiy xizmatchilarini yuborish bo‘yicha hozircha hech qanday taklif olmagan. Bu haqda TASS respublika xavfsizlik Kengashi kotibi Temir Jumaqodirovga asosan xabar berdi.

"Rasmiy takliflar kelib tushmadi", - dedi u. Jumaqodirovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu masala avval “Kollektiv xavfsizlik bitimi tashkiloti maydonchasida ko‘tarilgan”. “Gap tashkilotning tinchlikparvar kontingenti haqida borgan, u Suriyadagi jangovar harakatlardan xoli hududlarga yuborilishi mumkin edi”, - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Avvalroq Turkiya prezidenti vakili Ibrohim Qalin Rossiya Suriyadagi harbiy harakatlardan xoli nuqtalarga Qirg‘iziston va Qozog‘istondan harbiylarni jo‘natish taklifini ilgari surgani haqida gapirgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top