14:56 / 23.06.2017
12738

Ramazonning 28-kunida poytaxtning qator masjidlari xatmonani yakunlaydi

23 iyun Muborak Ramazon oyining 28-kuni. Toshkent shahridagi bir necha jome' masjidda bu kecha Qur'oni Karim xatmonasi ya'ni, Kalomullohning so‘nggi suralari o‘qiladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

1. “Novza” jome masjidi. (Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi 31-uy) Masjid imom-xatibi – Hamroqulov Jaloliddin.

2. “Tepa” jome masjidi. (Manzil:Mirzo Ulug‘bek  tumani, F.Xo‘jayev mahallasi, Tepamasjid  ko‘chasi 2a-uy) Masjid imom-xatibi-Orifzoda Abdulloh.

3. “Koh ota” jome masjidi. (Shayxontohur tumani, Koh ota ko‘chasi 105a-uy) Masjid imom-xatibi – Pirnazarov Abdulhakim.

4. “Firdavs” masjidi. (Shayxontohur tumani, Bog‘ko‘cha mahallasi 21a-uy) Masjid imom-xatibi – Sattorov Bahtiyor.

5. “Hofiz Ko‘hakiy” jome masjidi. (Manzil: Olmazor tumani, “Hofiz Ko‘hakiy” mahallasi, Sag‘bon ko‘chasi, 61-uy) Masjid imom-xatibi – Toshpo‘latov Abdurasul.

6. “Ismatulla hoji” masjidi. (Olmazor tumani, “Istiqlol” mahallasi, Tarix tor ko‘chasi 32-uy) Masjid imom-xatibi – Mirzakarimov Sayidg‘affor.

7. “Cho‘lpon ota” jome masjidi. (Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasi 13-mavze) Masjid imom-xatibi – Boymurodov Quvondiq.

8. “Umar ibn Xattob” jome masjidi. (Yunusobod tumani, A.Jomiy maxallasi, Bog‘iravon 2-tor ko‘chasi 14 uy) Masjid imom-xatibi – Daminov Mansur.

9. “Go‘zal” jome masjidi. (Manzil:Toshkent shahar Yashnobod tumani Sokin ko‘cha 50-uy) Masjid imom-xatibi – Toshanov Salohiddin.

Mavzuga oid
Top