03:48 / 23.06.2017
9821

Rasman. "Liverpul" Saloh transferini e'lon qildi

"Liverpul" "Roma" yarim himoyachisi Muhammad Salohning transferini rasman e'lon qildi. Futbolchi o‘zining yangi jamoasida 11-raqam ostida maydonda harakat qiladi. 

OAV bergan ma'lumotga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi "Liverpul" bilan 2022 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolagan va uning yillik maoshi esa 5,5 mln yevroni tashkil qiladi. 

"Roma" transfer narxi 42 mln yevroni tashkil etganini va bonuslar sabab yana 8 mln yevroga oshishi mumkinligini ma'lum qildi. 
"Men bu yerda bo‘lishdan juda xursandman. Bu klub uchun nimadir yutishni juda xohlayman. Bizda ajoyib jamoa hamda yaxshi o‘yinchilar bor", – dedi Saloh. 

Futbolchi "Roma" tarkibida 2015 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U rimliklar safida 83ta o‘yinda maydonga tushib, 34ta gol va 24ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

Top