17:25 / 24.06.2017
15367

AQShda bo‘ron “qora kunga mo‘ljallangan” 2 ta samolyotga zarar keltirdi

AQShda bo‘ron natijasida Nebraska shtatidagi Offut bazasida joylashgan Amerika harbiy-havo kuchlarining o‘nta samolyoti zarar ko‘rdi. Ular orasida ikkita Boeing E4-B samolyoti ham bor. AQSh harbiy-havo kuchlari vakilining xabar berishicha, hodisa 16 iyun kuni yuz bergan, biroq faqatgina 24 iyunda u haqda ma'lumot paydo bo‘ldi. Offutdagi bazada shunday “qora kunga mo‘ljallangan” to‘rtta samolyot bor. Ulardan biri bo‘ron paytida bazadan tashqarida bo‘lgan.

Boeing E-4 Nightwatch havo kemasi “qora kunga mo‘ljallangan” deb ataladi, sababi u yadro urushi boshlangudek bo‘lsa, AQSh prezidenti, mudofaa vaziri va oliy harbiy rahbariyatning boshqa a'zolariga mo‘ljallangan. Bunday samolyotlar bir hafta to‘xtamay parvoz qilishi mumkin, biroq havoda yonilg‘i quyish talab etiladi. Bortdagi barcha uskuna yadro portlashidan himoyalangan holda yasalgan. Har bir mashina yuz kishini havoga ko‘tarishi mumkin.

To‘rtta E-4B’dan bittasi har doim parvozga shay holatda turadi. Prezidentning xorijiy safarlarida “qora kunga mo‘ljallangan” samolyot, xuddi “yadro chamadoncha”ga ega ad'yutant kabi unga hamrohlik qiladi. Agarda prezident yoki Pentagon rahbari halok bo‘ladigan bo‘lsa, qo‘shinlar qo‘mondonligini boshqa yuqori mansabli shaxsga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Quyida Boeing E-4 tasvirlangan fotojamlanma taqdim etiladi.

Boeing E-4
Boeing E-4 samolyotining ichki tuzilishi
Boeing E-4 parvozda
Boeing E-4 saloni
Boeing E-4
Boeing E-4 kabinasi
Boeing E-4
Top