17:52 / 24.06.2017
39176
Buyuk Xitoy devori qanday tiklanmoqda? (foto)

Xitoyda o‘n yildan ziyod vaqtdan buyon jahon arxitekturasining eng mashhur yodgorliklaridan biri — Buyuk Xitoy devorini tiklash ustida ish olib borilmoqda, deb yozadi Reuters.

«Biz original materiallar va g‘isht terish texnologiyasidan foydalanib, devorning asl holatini saqlab qolishimiz lozim, chunki bu bizga tarixiy va madaniy boylikni asrash imkonini beradi», — degan restavratsiyaning yetakchi muhandisi Chen Yonmato.

Ishchi Buyuk Xitoy devori rekonstruksiyasi vaqtida dam olmoqda. © REUTERS, Damir Sagolj

Buyuk Xitoy devori — sayyoramizdagi eng yirik arxitektura yodgorligi hisoblanadi, uning qo‘shimcha tirgaklari bilan umumiy uzunligi 20 ming kilometrni tashkil etadi, devorning ilk qismlari eramizdan avvalgi uchinchi asrda barpo etilgan.

Buyuk Xitoy devori rekonstruksiyasi. © REUTERS, Damir Sagolj

O‘zining uzoq tarixi mobaynida devor ko‘p marta buzilgan va qarovsiz ahvolga kelib qolgan. Faqat 1984 yilga kelib Deng Siaoping tashabbusi bilan Buyuk Xitoy devorini restavratsiya qilish dasturi boshlab berilgan.

Buyuk Xitoy devori. © REUTERS, Damir Sagolj

Bajarilgan ishlarga qaramasdan, devorning turistik yo‘nalishdan yiroqroqdagi qismlarida ahvol havas qilarli emas. Shunday uchastkalardan biri Tsziangkou deb ataladi. Bu 20 kilometrli aylanma devor mamlakat poytaxti Pekindan 70 km narida joylashgan. Devorning bu qismi zig-zaglar va xavfli enishlari bilan mashhur.

Buyuk Xitoy devori rekonstruksiyachsiga qurilish materiallari tanish. © REUTERS, Damir Sagolj

Bu uchastkada restavratsiya ishlarini olib borish uchun ishchilar xachirlardan foydalanishadi. Har bir jonivorga 130 kilogacha g‘isht yuklashadi va yuqoriga — devor asosiga tog‘ so‘qmoqlari bo‘ylab chiqishadi.

Buyuk Xitoy devori uzra tuman. © REUTERS, Damir Sagolj

«Yo‘llar juda tik, tog‘lar juda baland, shu sababli g‘ishtlarni faqat xachir va otlarda tashish mumkin», — deydi xachirning egasi, 10 yildan beri devor restavratsiyasida qatnashib kelayotgan Tsao Sinhua Reuters jurnalistlariga.

Buyuk Xitoy devori uchastkalaridan birining rekonstruksiyasi. © REUTERS, Damir Sagolj

Ba'zi o‘rinlarda ishchilar, devordan nurab tushgan asl g‘ishtlardan ham foydalanishmoqda.

Buyuk Xitoy devori uchastkalaridan birining rekonstruksiyasi. © REUTERS, Damir Sagolj

Agar mos keladigan tosh topilmasa, ishchilar maxsus texnologiya bo‘yicha tayyorlangan g‘ishtlardan foydalanishadi.

Ishchilar buyuk Xitoy devori rekonstruksiyasi uchun asbob-uskunalar olib ketishmoqda. © REUTERS, Damir Sagolj

«Biz original materiallar va g‘isht terish texnologiyasidan foydalanib, devorning asl holatini saqlab qolishimiz lozim, chunki bu bizga tarixiy va madaniy boylikni asrash imkonini beradi», — degan restavratsiyaning yetakchi injyeneri Chen Yonmato.

Buyuk Xitoy devori uchastkalaridan birining rekonstruksiyasi. © REUTERS, Damir Sagolj

Ishning qiyinligi shundaki, barcha g‘isht zavodlari Pekinda joylashgan. Restavratsiya ishlari o‘tkazilayotgan joyga yaqin g‘isht zavodlari hukumatni atrof-muhitni ifloslantirishga qarshi kurashi doirasida chiqargan qarori natijasida yopilgan.

Buyuk Xitoy devori uchastkasi rekonstruksiyasi uchun javob beruvchi injyener. © REUTERS, Damir Sagolj

Devorning o‘zining yovvoyi go‘zalligi bilan mashhur Tszyangkou uchastkasi Minglar sulolasi boshqaruvining so‘nggi yillarida — 1600 yillarda barpo etilgan. Biroq, devorning bu qismi ikki ming yillik tarixga ega ayrim qismlari oldida «yosh» hisoblanadi.

Buyuk Xitoy devori uchastkasi rekonstruksiyasi uchun javob beruvchi injyener. © REUTERS, Damir Sagolj

Devorning bu qismida faol restavratsiya ishlari o‘tgan yili boshlangan. Hududiy hokimiyat arxitektura yodgorligining dastlabki ko‘rinishini saqlab qolish va nurayotgan qismini mustahkamlashga intilmoqda.

Ishchilar Buyuk Xitoy devori uchastkasi rekonstruksiyasi oralig‘idagi tanaffus chog‘i dam olishmoqda. © REUTERS, Damir Sagolj

Ish juda sekin bormoqda, chunki notekis relef tufayli ko‘p ishchilar iskana, bolg‘a, tesha va kurak singari eng oddiy asboblardangina foydalanishga majbur.

Buyuk Xitoy devori uchastkasi. © REUTERS, Damir Sagolj

Ayni paytda Minglar sulolasi vaqtida barpo etilgan devorning o‘ndan bir qismigina qayta tiklangan.

Top