20:52 / 24.06.2017
19717

Isroil aviatsiyasi Suriya qo‘shinlariga zarba berdi

Foto: Flickr / Israel Defense Forces

Isroil aviatsiyasi Golan tepaliklarining Isroil tomondan nazorat qilinuvchi qismida portlagan o‘nlab snaryadlarga javoban Suriya hukumat qo‘shinlarining ikki tanki va artilleriya pozitsiyalariga hujum qildi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Harbiylar Isroil hududining o‘qqa tutilishini Suriya davlatidan snaryadlarning  tasodifiy o‘tishi deb tan olishdi, biroq bu holat "suverenitetning nomaqbul buzilishi" deb ataldi. Isroillik harbiylar bayonotida ta'kidlanishicha, snaryadlar Kunaytra tumanida Suriya hukumat qo‘shinlarining muxolifat otryadlari bilan yuz berayotgan to‘qnashuvlari vaqtida ajratuvchi chiziq orqali uchib o‘tgan.  

Oxirgi yillar Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya bilan chegarada joylashgan Suriya armiyasi pozitsiyalariga bir necha marta zarba bergan. Har gal Suriya armiyasi pozitsiyalarining bombardimon qilinishi Isroil hududiga snaryadlar tushishiga javoban amalga oshirilgan. Oxirgi marta bunday holat aprelda yuz bergandi.

Suriya va Isroil o‘rtasidagi chegara uzunligi 80 km ga yaqin tashkil qiladi. Davlatlar o‘rtasida hanuzgacha diplomatik aloqalar mavjud emas. Damashq Isroilni hech qachon tan olmagan, Tel-Aviv esa Suriyani dushman davlat deb baholaydi. 

Mavzuga oid
Top