22:16 / 25.06.2017
7949

Afg‘onistonda xavfsizlik kuchlarining 10 xodimi toliblar tomondan o‘ldirildi

Foto: Rahmat Gul / AP

"Tolibon" jangarilarining Afg‘oniston g‘arbida joylashgan Salma to‘g‘onidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujumi oqibatida mamlakat xavfsizlik kuchlarining 10 xodimi halok bo‘ldi.  

Bu haqda Hirot viloyati gubernatori matbuot kotibi Farhod Jalaniy ma'lum qilgan.

Jalaniyning aytishicha, shuningdek 4 politsiyachi jarohat olgan. Shuningdek, jang davomida 4 jangari ham yo‘q qilingan.

To‘g‘onda 300 mln dollarlik rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, ishlar 2016 yilda yakunlangan. Balandligi 100 metrdan oshiqroq va eni 540 metr bo‘lgan to‘g‘on yiliga 42 megavatt elektr energiya berishi va Hirot viloyatidagi 75 ming gektar yerni sug‘orishda yordam berishga mo‘ljallangan.

Top