12:28 / 25.06.2017
14887

Chkalovning nevarasi bobosining o‘limi tasodif bo‘lmaganiga doir versiyani ilgari surdi

Georgiy Baydukov, Valeriy Chkalov va Aleksandr Belyako. Foto: TACC

Uchuvchi Valeriy Chkalovning o‘limiga doir hujjatlar 20 yil o‘tgach (2037 y.) qayta o‘rganilishi kutilmoqda. Bu haqida aviatorning nevarasi - kenja Valeriy Chkalov TASS muxbiriga xabar bergan.

"Bizning oilamiz Chkalovning o‘limi tasodifiy bo‘lmaganiga doir versiyaga ko‘proq moyil, - dedi u. - Xolam Valeriya Valerevna (Chkalovning to‘ng‘ich qizi) tomonidan yaxshilab o‘rganib chiqilgan arxivdan ko‘tarilgan ma'lumotlarga asosan, biz Valeriy Pavlovichning o‘limi tasodif bo‘lmagan, degan xulosaga keldik. Men qisman shunga ishora qiluvchi arxiv hujjatlarini shaxsan o‘qib chiqdim".

"Hozirda bu afsonani inkor qilib ham, isbotlab ham bo‘lmaydi, - deya afsus bilan ta'kidladi uchuvchining nevarasi. - Biroq o‘tgan asrning 30-yillari oxirida ko‘p hujjatlar 100 yil oldinga maxfiylashtirilgan. Ularni faqatgina 2037-2039 yillarga borib ko‘rish mumkin bo‘ladi va ehtimol o‘shanda asl haqiqatni bilib olarmiz".

Top