Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an muqaddas Ramazon oyi yakuniga bag‘ishlangan Hayit namozi vaqtida hushidan ketdi. CNN Turk yakshanba kuni shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Istanbulning Otashexir tumanidagi Mimar Sinan masjdida o‘qilayotgan Hayit namozi vaqtida kutilmaganda turk rahbarining qonidagi qand miqdori oshib ketgan va u hushini yo‘qotgan.
Shifokorlar unga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishgan, shundan so‘ng davlat rahbari o‘ziga kelgan.