15:42 / 25.06.2017
91210

Nyukaslda Hayit namoziga yig‘ilganlar ustiga avtomobil bostirib keldi (Video)

Foto: The Sun

Angliyaning shimoli-sharqidagi Nyukasl-apon-Tayn shahrida masjid oldiga Hayit namozi uchun yig‘ilganlar ustiga avtomobil bostirib keldi. The Daily Mail shu haqida xabar berdi.

"Nyukasldagi masjid yonida diniy bayramni nishonlash uchun yig‘ilgan odamlar ustiga avtomobil bostirib keldi", - deyiladi xabarda. 

Politsiyaning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, hujum natijasida 5 kishi jabrlangan. 

Top