23:21 / 25.06.2017
22711

Pokistonda benzovoz portlashi oqibatida 148 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda benzin tashuvchi mashinaning yonishi va portlashi oqibatida kamida 148 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohat oldi. Bu haqda The News nashri xabar bermoqda. 

Pokiston OAV ma'lum qilishicha, haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargandan keyin benzovoz ag‘darilib ketgach, odamlar undan oqayotgan benzinni yig‘ish uchun uning yoniga to‘planganlar. Taxmin qilinishicha, portlash bu odamlardan ba'zilari chekayotgan bo‘lgani sababli yuz bergan. Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlar soni oshishi mumkin, chunki ko‘pchilik jarohat olganlarning ahvoli og‘ir deya baholanmoqda.

Top