10:32 / 25.06.2017
10485

Pokistonda neft tankerlari yonishi natijasida 123 kishi halok bo‘ldi

Foto: Geo TV

Pokiston sharqida neft tankerlarining yonishi natijasida 100 dan ziyod kishi halok bo‘ldi. Geo TV telekanali mahalliy qutqaruv xizmati xodimlari ma'lumotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yong‘in Panjob provinsiyasida ro‘y bergan. Natijada 123 kishi halok bo‘lgan. Yana 40 nafari jarohat olgan, ularning aksariyati 70 foizli kuyish bilan shifoxonaga joylashtirilgan. 

Foto: Geo TV

Ma'lumotlarda ta'kidlanishicha, mahalliy aholi trassada to‘ntarilgan tanker yonida yoqilg‘ini saqlab qolishga shoshilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ba'zi kishilarning qo‘lida sigareta bo‘lgan va u yong‘in keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin. O‘nlab avtomobillar va 75 mototsikl yong‘in ichida qolgan.

Hozirga qadar yong‘in o‘chirilgan, biroq trassadagi harakat tiklanmagan. 

Mavzuga oid
Top