22:10 / 25.06.2017
11490

Rossiyaning AQShdagi elchisi o‘z lavozimini tark etishi mumkin

AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfol Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Sergey Kislyak yaqin orada o‘z lavozimini tark etishini aytdi. 

"Elchi Kislyak Rossiyaning AQShdagi elchixonasini tark etishga tayyorlanmoqda. Men unga eng yaxshi tilaklarni bildirib qolaman. Men davlat xizmatida bo‘lganimda, hattoki bizning qarashlar turlicha bo‘lganda ham, u bilan ishlash maroqli bo‘lgan", deb yozdi Makfol tvitterda.

Rossiya tomoni Kislyakning taqdiri borasida hech qanday rasmiy izoh bermagan.

Avvalroq "Interfaks" axborot agentligi Rossiya davlat dumasining xalqaro ishlar qo‘mitasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda, Rossiyaning AQShdagi elchisi lavozimiga Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov nomzodi ma'qullanganini ma'lum qilgandi.

Oxirgi oylar AQShda Kislyak uning AQSh prezidenti Donald Tramp jamoasi vakillari bilan aloqalari sababli faol muhokama qilinib kelgan.

OAVda esa Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner Trampning 2016 yildagi prezidentlik poygasi vaqtida va undan keyin Kislyak bilan kamida 3 marta aloqa qilganini yashirgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi. 

Bundan tashqari, Federal qidiruvlar byurosining sobiq direktori Jyeyms Komi kongressdagi yopiq jarayonda senatorlarga Kislyak va AQShning amaldagi bosh prokurori Jyeff Seshns uchrashganlarini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid
Top