12:48 / 25.06.2017
5478

Tramp: "Respublikachilar va Demokratlar til topishishga ko‘zim yetmaydi"

AQShning Demkoratlar va Respublikachilar partiyalari til topishishlari kerak, biroq bunday bo‘lmasligi ham mumkin. Prezident Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi

"Respublikachi va demokratlarning til topishishi - bu bo‘lishi kerak bo‘lgan, biroq noaniq hodisa. Men buning to‘liq tarafdoriman, ammo shunday bo‘lishiga ko‘zim yetmaydi", - deydi davlat rahbari. 

Tramp partiyalar o‘rtasidagi "yovlik darajasi" juda yuqori ekanini qayd etdi, ayniqsa Obamacare dasturining o‘rniga kelishi kerak bo‘lgan yangi tibbiy sug‘urtalash tizimi loyihasini muvofiqlashtirish borasida. 

"Respublikachilar va demokratlar qo‘lni qo‘lga berib, barchaga baxt keltiruvchi ishlarni amalga oshirishsa, nur ustiga a'lo nur bo‘lardi. Bu axir qiyin emas-ku", - deydi prezident. 

Top