12:51 / 26.06.2017
23387

20 ming so‘m evaziga o‘z o‘yida fohishaxona tashkil etgan fuqaro aniqlandi

Illyustrativ foto

21 iyun kuni soat 17:20 larda o‘tkazilgan tadbirlar davomida, Nukus shahrida yashovchi, 1973 yil tug‘ilgan fuqaro Otarbay Maxambetov (ismi shariflari o‘zgartirilgan) Nukus shahri xududida joylashgan o‘z uyida fohishaxona tashkil etib, 20.000 so‘m evaziga, fuqarolar «X» va «A»larining jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun, sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda «Kruz.uz» xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahri IIB Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro O.Maxambetovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top