12:42 / 26.06.2017
9339

"Bavariya" yana "Borussiya Dortmund" futbolchisini xarid qilmoqchi

"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Borussiya Dortmund" hujumchisi Usmon Dembelega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TF1 xabar berdi.

"Bavariya"dan tashqari, 20 yoshli futbolchini "Barselona" hamda "PSJ" ham o‘z safida ko‘rmoqchi. Biroq dormundliklar rahbariyati futbolchini sotmoqchi emasligini ma'lum qildi. Bordiyu bunga majbur bo‘lishsa, klub futbolchi uchun 90 mln yevro olmoqchi. 

Avvalroq Tomas Tuxelning joriy mavsum yakuniga ko‘ra jamoa bosh murabbiyligidan ketgani sababli Dembele ham "Borussiya"dan ketmoqchi ekani haqida ma'lum qilingan edi. 

Top