15:08 / 26.06.2017
9761

Xitoyda Nobel mukofoti laureati Lyu Syaobo jigar saratoni tufayli qamoqdan ozod etildi

Foto: TASS

Davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish ayblovi bilan qamoqqa tashlangan xitoylik Nobel mukofoti laureati Lyu Syaobo jigar saratoni tufayli ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Assocaited Press advokatga asosan xabar berdi.

Avvalroq AQSh Vashingtonda XXRning elchixonasi joylashgan ko‘chani Xitoyda davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi bilan qamoqda saqlanayotgan dissident Lyu Syaobo sharafiga nomlash haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqayotgani ma'lum bo‘ldi. Bu Xitoy hukumatining noroziligini keltirib chiqardi.

Mavzuga oid
Top