09:52 / 26.06.2017
5327

Londondagi tungi to‘qnashuvlar davomida olti politsiyachi jarohatlandi

Londonda 26 iyun kuni kechqurun norozilik namoyishchilari harakatidan olti politsiyachi jabrlandi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

Namoyishchilar qora tanli britaniyalik Edir Frederiko Da Kosta qo‘lga olinganidan bir necha kun o‘tib vafot etgach, ko‘chalarga chiqishdi. Erkakning qarindoshlari politsiyachilar uni “qattiq kaltaklashgan” deb hisoblamoqda.

Namoyishchilar politsiyachilarga g‘isht va fayerlar otishgan. To‘rt nafar politsiyachi shifoxonaga olib ketildi.

Shuningdek ta'kidlanishicha, politsiya kuch va zaharlovchi modda bo‘lgan ballonchalarni qo‘llagan. Norozilik namoyishlari davomida to‘rt kishi qo‘lga olindi.

Mavzuga oid
Top