12:13 / 26.06.2017
22437

OAV: AQSh uchinchi davlatlarga “bostirib kirishni” BMT orqali qonuniylashtirish niyatida

Foto: Reuters

Vashington “Al-Qoida” va IShIDning mintaqaviy filiallarini BMT terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish tarafdori. Shunda Qo‘shma Shtatlar uchinchi davlatlar hududida maxsus amaliyotlarni o‘tkazish imkoniyatini qo‘lga kiritadi, deb xabar bermoqda “Izvestiya” gazetasi diplomatik doiradagi manbalarga asosan.

“Pentagon rasman uchinchi davlatlar hududida urush e'lon qilmay turib, maxfiy tarzda harakat qilishga haqi yo‘q. Biroq, 2001 yilda Amerika harbiy mahkamasi huquqshunoslari bu taqiqni chetlab o‘tish yo‘lini o‘ylab topishdi. Aynan shuning uchun hozirda alohida maxsus bo‘linmalar terrorchilik tashkilotlari bo‘lgan boshqa davlatlar hududida qora amaliyotlarni o‘tkazishi mumkin”, - deya hisoblaydi harbiy tahlilchi Anton Lavrov.

Diplomatik doiralardagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va qator boshqa davlatlar AQShning taklifiga qarshi chiqishdi.

“Xususan, Misr qat'iy qarshi bo‘lmoqda, u Sinay yarim orolida “Al-Qoida” bilan kurashmoqda. Qohiradagilarning fikricha, “Al-Qoida” mintaqaviy bo‘linmasini xalqaro ro‘yxatga qo‘shish – mamlakat tahdid bilan mustaqil ravishda kurash olmasligini tan olish, deb hisoblanadi”, - deya xabar berdi manba.

Mavzuga oid
Top