10:24 / 26.06.2017
32906

Ruslar Stalinni tarixdagi eng mashhur shaxs, deb e'tirof etishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va shoir Aleksandr Pushkin tarixdagi eng taniqli shaxslar reytingida ikkinchi o‘rinni bo‘lishib olishdi. Bu haqda «Izvestiya» «Levada-Markaz» so‘roviga asosan xabar bermoqda.

Tadqiqotga ko‘ra, 34 foiz ruslar Putin va Pushkinni eng obro‘li tarixiy shaxslar, deb hisoblashgan.

Birinchi o‘ringa esa sovetlar yetakchisi Iosif Stalin loyiq topildi – 38 foiz ovoz. Kuchli uchlikka Vladimir Lenin (32 foiz) yakun yasab bergan.

Ro‘yxatdagi top-10likka imperator Pyotr I (29 foiz), fazogir Yuriy Gagarin (20 foiz), yozuvchi Lev Tolstoy (12 foiz), qo‘mondon Georgiy Jukov (12 foiz), imperator ayol Yekaterina II (11 foiz) va shoir Mixail Lermontov (11 foiz) kirdi.

Ta'kidlanishicha, top-20ga Mixail Gorbachyov yakun yasab bergan. Fizik Isaak Nyuton, qo‘mondon Mixail Kutuzov, shoir Sergey Yesenin va fizik Albert Eynshteyn 7 foizdan ovozlarni olishgan.

Top