14:40 / 26.06.2017
10352

Shayxontohurda o‘g‘irlik qilmoqchi bo‘lgan mardikor ayol ushlandi

2017 yilning 24 iyun kuni taxminan soat 13:30 larda Muhayyoxon Saliyeva Maxamatkarimovna Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaro Abbosjon Tashtemirov Shavkatovichning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) xonadonida tozalash ishlarini bajarayotganligidan foydalanib, 1.500.000 so‘mlik ikki dona tilla uzuklarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan vaqtida xonadon egasi tomonidan ushlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Shayxontoxur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlikka suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Top