12:28 / 26.06.2017
12648

Toshkentda bir kunda 8 ta YTH qayd etildi

Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta

2017 yilning 24 iyun kuni Toshkent shahar hududida 8 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 7 nafar shaxs tan jarohati olgan, 1 nafar shaxs vafot etgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 24 iyun kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2263 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 750 tasini qo‘pol turdagi, 7 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 24 iyun kuni jami 1012 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 468 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 544 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Top