15:14 / 26.06.2017
10286

Tramp G20 sammitida Putin bilan keng ko‘lamli uchrashuv o‘tkazmoqchi

Foto: rte.ie

AQSh prezidenti Donald Tramp Hamburgdagi “Katta yigirmatalik” sammitida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan keng ko‘lamli uchrashuv o‘tkazmoqchi. Bu haqda Associated Press nomi oshkor etilmagan amerikalik amaldorlarga asosan xabar berdi.

Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, Tramp barcha diplomatik rasmiyatchiliklarga rioya etilgan uchrashuvni istamoqda. Xususan, u ko‘proq OAV xodimlari qatnashishi va bunday muzokaralarga xos bo‘lgan barcha kerakli bayonnomalarni tayyorlashga chaqirmoqda.

Biroq, agentlikning ta'kidlashicha, Oq uy ma'muriyatida Trampning Putin bilan uchrashishi borasida chuqur ajralish bor. Masalan, ko‘pchilik amaldorlarning fikricha, Vashingtonga masofani saqlash va Moskva bilan ehtiyotkorlik bilan aloqada bo‘lish kerak.

Eslatib o‘tamiz, Hamburgda “Katta yigirmatalik” davlatlari guruhi sammiti 7-8 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Top