12:58 / 27.06.2017
5993

Yakkasaroyda uyida giyohvandlik vositasini ekib, yetishtirayotgan shaxs ushlandi

2017 yilning 21 iyun kuni taxminan soat 06:00 larda ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida Yakkasaroy tumani hududida, Ilyas Valitov Ildusovich uyining omborxonasida qonunga xilof ravishda 4 tup «konoplya» giyohvandlik vositasini ekib, yetishtirayotganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va yetishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top