23:01 / 27.06.2017
10959

AQSh harbiy bazasida otishma ro‘y berdi

Foto: decaturdaily.com

AQShning Alabama shtatidagi Redstoun harbiy bazasida otishma ro‘y berdi. Bu haqida AL.com nashri xabar berdi. 

Ommaviy axborot vositalari ma'lumotlariga ko‘ra, bazada "nazorat ostida bo‘lmagan qurollangan shaxs" mavjud. 

Hozirga kelib baza yopilgan. Shuningdek voqea hech qanday o‘quv mashg‘ulotlari bilan bog‘liq emasligi ta'kidlanmoqda. 

Top